Yangi tug‘ilgan chaqaloqda yangi koronavirus mutasiyasi aniqlandi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda yangi koronavirus mutasiyasi aniqlandi

Shved olimlari onasi koronavirus bilan kasallangan yangi tug‘ilgan chaqaloqda yangi koronavirus mutasiyasini topishdi. Bu haqda «The Conservation» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, homilador ayol Malmyo kasalxonasiga qattiq og‘riq bilan yotqizilgan. Tekshiruv paytida bolada kislorod yetishmovchiligi va yurak urishining pastligi aniqlanib, kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirilgan.

Shundan so‘ng bola va onada koronavirus tekshiruvi o‘tkazilgan va infeksiya mavudligi tasdiqlangan. Dastlab ona-bolada topilgan viruslar bir xil bo‘lgan, ammo bir necha kundan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi virusning farqli ekani ma’lum bo‘lgan.

«Bu tug‘ilishdan oldin onadan homilaga o‘tgan koronavirusning noyob sharoitda genetik o‘zgarishi bilan bog‘liqbirinchi hodisadir», - degan olim, Lund universiteti kasalxonasi akusher-ginekologi Mehrena Zaygamaning.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi mutasiya A107G deb nomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!