Yangi taxmin! Koronavirus ushbu 10 mamlakatdan birida paydo bo‘lgan

Yangi taxmin! Koronavirus ushbu 10 mamlakatdan birida paydo bo‘lgan

Xitoylik olimlar koronavirus Hindiston yoki Pokistondan kelib chiqqan deb taxmin qilishdi, deb yozadi “Daily Mail”.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, virus 2019 yilda issiqlik va qurg‘oqchilik sharoitida hayvondan odamga yuqqan. Zero, o‘sha paytda odamlar va hayvonlar bir xil suvdan ichishga majbur bo‘lishgan.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot o‘tkazgandan so‘ng mutaxassislar koronavirus o‘n mamlakat – Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Italiya, Chexiya, AQSH, Gresiya, Avstraliya, Rossiya yoki Serbiyada paydo bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan.

O‘z navbatida, Glazgo olimlari esa ushbu maqolani tanqid qilgan holda undagi dalillarga shubha bildirishdi.

“Mualliflar virusning aniq Xitoyda paydo bo‘lganligi va aynan u yerdan tarqalganligini ko‘rsatayotgan keng qamrovli epidemiologik ma’lumotlarga e’tibor berishmagan. Ushbu hujjat bizning SARS-CoV-2 haqidagi tushunchamizga hech narsa qo‘shmaydi”, - deya ta’kidlamoqda Glazgo universiteti mutaxassisi Devid Robertson.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!