Yangi qaror: endi O‘zbekistonda otingizdan foydalanishingiz uchun "ot pasporti" olishingiz shart!

Yangi qaror: endi O‘zbekistonda otingizdan foydalanishingiz uchun "ot pasporti" olishingiz shart!

Hukumat qarori (214-son, 12.03.2019 y.) bilan Naslli va sport otlariga Ot pasporti ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Ot pasporti ot egasining xohishiga ko‘ra beriladi.

Naslli va sport otlarining auksionlarda, ko‘rgazmalarda, milliy va klassik ot sporti o‘yinlarida, sport musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek otlardan xizmat otlari sifatida foydalanish ushbu pasport mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.

Naslli va sport otlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish va naslli otlarning Davlat naslchilik kitobini yuritish O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ot pasporti ni rasmiylashtirish uchun ot egasining o‘z mablag‘lari hisobidan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi.

To‘langan to‘lov Yilqichilik va ot sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Mazkur pasport federasiya buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi hamda naslli va sport otlarining butun umri davomida amal qiladi.

Ot pasporti 10 ish kunida rasmiylashtiriladi va ot egasiga taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!