Yangi libosga yarashmagan tugma: Klopp qazigan «choh»ga «Liverpul» quladi

A A A
Yangi libosga yarashmagan tugma: Klopp qazigan «choh»ga «Liverpul» quladi

Bu galgi Chempionlar ligasi xatolarga boy bo‘ldi, o‘zgacha bo‘ldi, kutilmagan bo‘ldi. Bu holat guruh bahslaridan tortib finalgacha kuzatildi. Ayniqsa, final shunaqa ruhda o‘tdiki, agar menga «Chempionlar ligasi finali boshqatdan o‘tkazilishini istaysanmi?» deyishsa, hech ikkilanmasdan “Ha”, degan bo‘lardim. Chunki men uchun bu final tatimadi. Final boshqacha bo‘lishi kerak edi.

G‘ALABA KERAK, AMMO...

Futbol — kurashuvchan sport turi. O‘zaro kontaktlar, raqobat, jismoniy kurash kechishi tayin. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo bu raqibga nisbatan shafqatsizlik qilish kerak degani emas. Biroq g‘alaba uchun, sovrin uchun har narsaga tayyor bo‘lgan Serxio Ramos buni esdan chiqardi. «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan bo‘lgan vaziyatda u nafaqat to‘p uchun, balki raqibiga jarohat yetkazish uchun ham kurashdi. Xulosa chiqarishga shoshilmang, men bu gapni Ramosning xarakterini, harakatini va ko‘p yillik tajribaga ega ekanligini inobatga olib aytyapman. Ramos qanday harakat raqibga jarohat yetkazishini yaxshi biladi. O‘sha vaziyatda u Salohning qo‘lini qo‘ltig‘iga qisib olgandan ko‘ra yelkasi bilan itarib, to‘pni tepib yuborsa bo‘lardi-ku! Yo‘q, u bunday qilmadi. Ehtimol, u atayin Salohga jarohat yetkazishga urinmagandir, ammo o‘sha xatti-harakati jismonan o‘zidek baquvvat bo‘lmagan Muhammadga jarohat yetkazishi aniqligini hisobga olishi kerak edi. Ammo bu futbol, unda birinchi o‘rinda inson emas, g‘alaba faktori turadi. Har holda, Ramos shunday hisoblaydi.

Aynan Muhammad Saloh jarohat olib maydondan chiqib ketganidan keyin finalga bo‘lgan qiziqishim so‘na boshladi. Chunki «Liverpul» aynan Salohga ishongandi, bu Muhammadning birinchi finali edi. Ha, men finalda hech bir jamoaga muxlislik qilmadim, ammo Salohning o‘zini ko‘rsatishini xohlagandim. Istardimki, boshqa futbolchilar, hatto Ramosning o‘zi ham keyingi safar bunday xunuk xatti-harakatga qo‘l urmasin.

KLOPP QAZIGAN «CHOH»

Har qanday futbolchi o‘yin darajasini his qila bilishi kerak va shunga mos ravishda mas’uliyat hissini ham tuyishi lozim. Finalda «Liverpul» posboni Loris Kariusga aynan shu jihat yetishmadi. Yurgen Klopp unga imkoniyat berdi, Karius garchi unchalik iqtidorli bo‘lmasa-da, «Liverpul»ning asosiy tarkib posboniga aylandi. Ammo finalda u shunchalik qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydiki, bu «qizillar» uchun juda qimmatga tushdi.

O‘zi boshqargan klublarda doim yangi futbolchi kashf qilishga o‘rgangan Yurgen Klopp «Liverpul»da shu ishini Loris Karius bilan amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Belgiyalik posbon Simon Minyoleni zaxiraga o‘tqazib, jamoaga o‘zi olib kelgan Loris Kariusni asosiy tarkibga kiritgan germaniyalik mutaxassis buning uchun yaxshigina pand yedi. To‘g‘ri, Karius APL doirasidagi o‘yinlarda ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygandi, ammo buni kechirsa bo‘lardi. Biroq Chempionlar ligasi finalida, «Liverpul» hatto Muhammad Salohsiz ham iroda ko‘rsatib, ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan bir paytda orziqib kutilgan sovringa ega chiqish imkoni bor paytda yosh bolalarcha xato qilish — bu kechirib bo‘lmas holat. Buni Kariusning tajribasizligi bilan ham oqlab bo‘lmaydi. Chunki Karius yo‘l qo‘ygan xatolarni undan tajribasiz bo‘lgan posbonlar ham takrorlamaydi. Benzema gol urgan vaziyatdagi ahmoqona qarori, Beylning ikkinchi goli yuzaga kelganlagi noo‘rin harakati — aynan shu omillar «Liverpul»ning shashtini sindirdi, qaddini bukib qo‘ydi. Butun mavsum davomida ko‘pchilik Kloppga Kariusning talab darajasidagi darvozabon emasligini uqtirdi, hatto unga qishda boshqa yaxshiroq darvozabon sotib olishni ham maslahat berishdi, biroq germaniyalik mutaxassis Kariusning nigohlarida ishtiyoq ko‘rayotganini, uni tarbiyalab, odam qilmoqchi ekanligini ta’kidladi. Ammo finalda ko‘rdiki, bo‘lmaydigani baribir bo‘lmas ekan. Butun o‘yin davomida yaxshigina zarbalarni qaytargan posbon ikkita qo‘pol xatosi evaziga «Liverpul» muxlislari uchun nafaqat finalning, balki butun mavsumning eng yomon futbolchisiga aylandi. Klopp Kariusni olib kelib, o‘zi qazigan chohga o‘zini ham, «Liverpul»ni ham qulatdi.

Klopp «Liverpul»ni yaxshi jamoaga aylantira olgandi. Kamchiliklarini to‘g‘rilab, yap-yangi libos hosil qildi. Ammo Karius bu ko‘ylakka yarashmagan tugma bo‘ldi. U ko‘ylakni yopib turish vazifasini bajara olmadi, oqibatda libos ochilib qoldi, natijasini esa o‘zingiz ko‘rdingiz.

TAJRIBA YANA QO‘L KELDI

Tan olish kerak, «Real» — Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish borasida juda katta tajriba to‘pladi. Jamoa hatto o‘zining eng omadsiz mavsumlaridan birida ham Yevropada tengsiz klubga aylandi. Bu mavsum «qirollik klubi» maqtashga arzigulik o‘yin namoyish etmadi, La Ligada 3-o‘rin — bu «Real» ko‘zlagan cho‘qqi emas. Qolaversa, «Bavariya» ham, «Yuventus» ham ming bir mashaqqat bilan, omad bilan taslim etildi. Ammo yakunda «Real» chempionga aylandi. Bu hammasi tajribaning mevasi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, «qirollik klubi» uchun Yevropa chempionlar ligasining hatto finali ham odatiy uchrashuvga teng bo‘lib qoldi. Ortiqcha hayajon, asabiylashishlar ortga chekindi.

«Liverpul» va Kloppga ana shu jihat yetishmadi. Salohsiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgan, hatto Manening goli evaziga hisobni tenglashtirishga ham erishgan «qizillar» qolgan daqiqalar uchun munosib ssenariy tuza olishmadi. Germaniyalik mutaxassis ham bosh qahramondan ayrilgan syujetni qayta shakllantira bilmadi, bunga uringanida esa ssenariyning eng xunuk obrazi — Karius melodramani tragediyaga aylantirib yubordi. Xullas, Kloppdan tortib darvozabongacha tajriba kamlik qildi.

ASOSIY QAHRAMON «REAL» EMAS

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, bu galgi Chempionlar ligasining bosh qahramoni «Real» emas. Asosiy qahramon — «Liverpul», aniqrog‘i, Yurgen Klopp. Uch mavsumda Yevropa ligasi uchun kurashadigan klubga aylanib qolgan «Liverpul»ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi. Endi esa «Liverpul» finalda o‘ynayapti. Bu hammasi Kloppning xizmati. Hatto «Barselona»ga sotilgan Filippe Koutinyoning o‘rni ham bilinmadi. Tarkibda Ronaldu yoki Messidek futbolchi yo‘q. Jamoa yozda boshqa grand klublar singari bir dunyo pul sarflamadi. Ammo «Liverpul» finalgacha chiqdi. Demakki, bu birinchi navbatda Kloppning xizmati. «Liverpul» bu mavsumda APLda 4-o‘rinni olib, keyingi mavsumda yana Chempionlar ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. Shu bois hech kim «Liverpul»ni finaldagi mag‘lubiyat uchun ayblamaydi, aslida, finalga chiqishning o‘zi jamoa uchun katta yutuqqa aylandi. «Liverpul» joriy mavsumda chinakam shijoat, iqtidor, shiddat, mahorat va iroda timsoliga aylandi.

Umid qilamizki, keyingi mavsumda har ikkala jamoaga ham yana omad kulib boqadi. Umid qilamizki, keyingi mavsumda final bunday achinarli ruhda o‘tmaydi. Umid qilamizki, keyingi mavsumda biz bu galgidan-da qiziqarliloq va shiddatliroq bahslarning guvohiga aylanamiz.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Ливандаги «Ҳизбуллоҳ» гуруҳи Исроилга қарши ҳужумларда янги авлод ФПВ дронларидан фаол фойдаланмоқда.

Xalqaro jinoiy sud Isroilning bir nechta rasmiylarini hibsga olishga maxfiy order berdi

Газета маълумотларига кўра, ордерлар чекловлари остига икки нафар исроиллик сиёсатчи ва ҳарбий раҳбариятнинг икки вакили тушган бўлиши мумкин.

Zelenskiy devonining sobiq rahbari Andrey Yermak $3,1 mln garov evaziga ozod qilindi

У 2025 йил ноябрь ойида тинтувлар ва “Энергоатом” билан боғлиқ коррупция можаросидан сўнг президент девони раҳбари лавозимидан озод этилган.

Qashqadaryo viloyatida tarvuz eksporti boshlandi

Қашқадарё вилоятининг Кўкдала туманида кўп йиллардан буён эрта пишар тарвуз етиштириш анъанаси давом этмоқда

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.