Yana 16 nafar: O‘zbekistonda bojxona posti xodimida koronavirus aniqlandi

Yana 16 nafar: O‘zbekistonda bojxona posti xodimida koronavirus aniqlandi

2020 yil 25 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 (+16) nafarni tashkil etmoqda.  
⚠️Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlanib, ulardan 3 nafari xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 nafari chegara bojxona posti xodimi. 5 nafari esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan. 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Yana 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.
❗️Ayni paytda yurtimizda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda mamlakatimizda 602 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.             
3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!