Yachting Pages nashri Alisher Usmonovdan uzr so‘radi

Yachting Pages nashri Alisher Usmonovdan uzr so‘radi

Britaniyaning dunyo yaxtachilik sanoatidagi voqealarni yoritib boruvchi Yachting Pages nashri Xorvatiyada Irina VU yaxtasi g‘oyib bo‘lib qolgani haqidagi xabarni o‘chirib yubordi. OAVda bu yaxta o‘tgan yili Xorvatiyada xatlangani, oktyabr oyida esa Murter orolidagi Betina portidan sezdirmay jo‘nab ketgani haqida yozilgan.

Yachting Pages nashri o‘z maqolasida yaxta Alisher Usmonov hamda uning sobiq rafiqasi, Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonovaga aloqador tuzilmalarga tegishli ekanini taxmin qilgan.

Usmonovning vakili esa tadbirkor «Xorvatiya matbuotida tilga olingan Irina VU yaxtasiga egalik qilmasligi va uning Betina portidan g‘oyib bo‘lishi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi»ni aytgan. U shuningdek Usmonov rafiqasi bilan 2022 yilning yozida ajrashganini eslatib o‘tgan.

Shundan so‘ng Yachting Pages xabarini o‘chirgan va «yaxta Alisher Usmonovga tegishli ekani va ... u oligarx ekani» bo‘yicha raddiya bergan. Shuningdek, nashr «noaniqlikka yo‘l qo‘ygani» uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Alisher Usmonovning huquqshunoslari nemis matbuotidagi o‘ziga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan maqolalar bo‘yicha raddiya berilishiga erishgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, ular Myunxen prokuraturasini o‘z veb-saytidan Usmonovga nisbatan ishonchsiz ayblovlar tarqatilgan press-relizni olib tashlashga ham muvaffaq bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!