Xrushchev qanday qilib o‘yindan chiqarilgandi?

A A A
Xrushchev qanday qilib o‘yindan chiqarilgandi?

«MIR 24» muxbiri Roman Nikiforov qanday qilib Nikita Xrushchevning hokimiyatdan ketgani haqida atroflicha yozgan. Quyida bu haqda o‘qishingiz mumkin.

1964 yil aprelda Leonid Brejnev Kremlda Nikita Xrushchevni mukofotlaydi. Sosialistik Mehnat Qahramonining uchta yulduzchasiga yana bittasi qo‘shiladi: «Sovet Ittifoqi Qahramoni». Birinchi kotibning 70 yilligini nishonlash arafasida katta bayram dasturxoni yoziladi. Hurmatli qahramonni hammaslaklari iliq kutib olishadi. Aynan ular oradan ma’lum vaqt o‘tib, Xrushchevni yo‘ldan olib tashlashadi. O‘yinga Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) raisi Vladimir Semichastniy ham qo‘shilgandi.

«Xrushchevni yo‘ldan olib tashlash uchun har xil variantlar ko‘rib chiqildi: zaharlash kerakmi yo... Keyin suhbat mavzusi Shvesiyaga kelib to‘xtadi. Axir u hozir Shvesiyada va qaytishi kerak-ku! Balki, poyezdni to‘xtatish lozimdir, ehtimol, hibsga olish...» – shunday eslaydi SSSR Ministrlar Soveti (1961 – 1967) huzuridagi KGB raisi Vladimir Semichastniy.

Fitnachilarning ko‘pi Xrushchevdan qarzdor edi. Shaxsan V.Semichastniyning o‘zi mamlakatning bosh komsomol a’zosidan asosiy chekistga aylanadi. Qandaydir 37 yil ichida. Yoki boshqa figuralarni olaylik: Nikolay Podgorniy. Xrushchev unga Ukraina Kompartiyasini ishonib topshiradi, so‘ng Moskvaga olib keladi – Markaziy Qo‘mita kotibligiga. Yana biri – Leonid Brejnev. Stalinning vafotidan keyin Brejnev ishsiz qoladi. Uni partiya ishiga esa aynan Nikita Sergeevich qaytargan, g‘amxo‘rlik qilgandi. L.Brejnev 60-yillarda Oliy Sovet prezidiumi raisi bo‘ladi. Bu mamlakatdagi uchinchi katta amal edi (MQ birinchi kotibi va Ministrlar Soveti rahbaridan keyingi).

Xo‘sh, Xrushchevning ketishini istaydiganlar asosan kimlar edi? «Uning tagini kovlovchilar asosan Brejnev va Podgorniy edi», – deydi Ukraina Kompartiyasi MQ birinchi kotibi (1963 ­– 1972) Petr Shelest.

«Tayyorgarlik ishlari» yil boshidan boshlab yuboriladi: dala hovlilardagi maxfiy suhbatlar, respublika bo‘ylab sayohatlar... Bu haqdagi ma’lumotlar birinchi kotibga yetib borganda esa juda kech bo‘lgandi.

«Men uni barchasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirgan edim. Bu iste’foga chiqishidan bir oycha avval taxminan sentyabr o‘rtalarida bo‘lgandi», – deydi Nikita Xrushchevning o‘g‘li Sergey Xrushchev.

Sergey Xrushchev hozirda Amerikada yashaydi. Eslashicha, otasi fitnaga qarshi hech qanday chora ko‘rmagan. «O‘z xohishiga ko‘ra» iste’foga chiqqan otasi o‘shanda yana bir islohot o‘tkazmoqchi bo‘lgan ekan.

«Otam yangi Konstitusiya (loyihasi) tayyorlagandi, – deya davom etadi o‘g‘li: – Unda doimiy parlament bo‘lishi, hatto yangi partiya tuzish haqida ham gap borardi...»

Xrushchev o‘zgarishlarni xohlar, mamlakatdagi ahvol qoniqtirmasdi. Iqtisodiyot oqsagan, qishloq xo‘jaligidagi muammolar... U har qanday holatda ham natija talab qilardi. Stalinni yoqtirmagan bu shaxs hech kimga, hatto partiyaning taniqli vakillariyu hukumat amaldorlariga ham imtiyoz yo chegirmalar bermagan.

«N.S.Xrushchevning asosiy yutug‘i shundaki, sobiq ittifoqda destalinizasiya (Stalin shaxsiga sig‘inishni bartaraf etish hamda uning davridagi siyosiy-mafkuraviy tuzumni yo‘q qilish) boshlanishiga aynan u sababchi edi. Eng katta muvaffaqiyatsizligi esa o‘zgaruvchanligida edi: islohotlarni boshlashga boshlab, keyin ularni ham isloh qilgan. Kezi kelsa, o‘sha islohotlarini bekor qilgan yoki g‘oyalaridan voz kechgan. Bu esa oxir-oqibat fuqarolarni, ayniqsa, siyosiy opponentlarini unga qarshi qildi», – deya ta’kidlaydi amerikalik tarixchi Uilyam Taubman.

Ular birinchi kotibning Pisunda (Abxaziya)ga ta’tilga chiqishini kutishmoqda. Odatda bu yerda hayot qizg‘in edi: Xrushchevga iltimoslar bilan kelishar, uchrashuvlar o‘tkazilardi, ammo bu safar...

1964 yilning oktyabri. Jimlik, hech kim bezovta qilmayapti. Qo‘riqchilar boshlig‘i o‘zgargani birinchi ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi. Ko‘p yillar davomida N.Xrushchevni Nikifor Litovchenko qo‘riqlab kelardi, ammo kutilmaganda yangi shaxs paydo bo‘lsa deng – Vasiliy Bunayev.

12 oktyabrda Baykonurdan «Vosxod» havoga ko‘tariladi – tarixda birinchi marta kema bortida 3 nafar astronavt bo‘lishi edi. Nikita Sergeevich odatga ko‘ra qo‘ng‘iroq va hisobotlarni kutmoqda, biroq hech kim qo‘ng‘iroq qilmasa-ya! O‘sha damlarni o‘g‘li shunday eslaydi?

«O‘zimni yomon his qildim. Odatda hamma bunday kezlar birinchilardan bo‘lib qo‘ng‘iroq qilishga intilardi. Bugun esa N.Xrushchevni unutdilar, hisobdan chiqarishdi. U endi shunchaki yo‘qdek edi...»

O‘sha kuni kechqurun Moskvadan qo‘ng‘iroq bo‘ladi: Brejnev. Xrushchevni MQ Prezidiumiga chaqiryapti. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qandaydir muhim masalalarni hal qilish uchun. Xrushchev hammasini tushunib turibdi. Axir 10 yilcha oldin o‘zi ham shunday qilgandi-ku. Shunga qaramay, keyingi kuni yopiq majlisda qatnashgani poytaxtga uchadi.

«Hamma bir ovozdan uni chetlatishga qaror qildi. Endi hech kim qo‘rqmasdi, o‘ylagan barcha narsalarini aytishdi», – deydi Yuriy Jukov.

O‘shanda Brejnev shunday degan ekan: «Ariza yozing, siz bilan bahslashib-tortishib o‘tirmayman...» Xrushchev esa faqat bitta narsani so‘raganmish – plenumda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qilishga imkon berilishini. Brejnev yo‘q degan, Suslov esa endilikda sobiq birinchi kotibni qo‘llagan ekan.

Bu Shelestning xotiralaridan (shularni eslayotganida yig‘idan ko‘z yoshlarini tiyib turolmaydi).

Plenum yakunida Nikita Xrushchev o‘rnini Leonid Brejnev egallaydi. N.Xrushchev yana dala hovliga yo‘l oladi. Bu safar Qora dengizdagi emas, Moskva yaqinidagiga. Bu gal ma’lum muddatga ta’tilga emas, bir umrlik «otpuska»ga ketadi.

Haligacha Stalinning o‘limiga aloqador deb hisoblanuvchi, Beriyani hokimiyatdan ketkazgan Nikita Xrushchev o‘zi ham fitnaga giriftor bo‘ldi, faqat tinch yo‘l bilan. Nikita Xrushchev 1971 yil 11 sentyabrda 77 yoshida olamdan o‘tdi.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Putin: "O‘zbekiston prezidenti bilan kechki ovqatni birga o‘tkazganimiz uchun Zelenskiyning xatini ko‘rishga vaqt bo‘lmadi"

Путин бу ҳақда Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форумининг ялпи мажлисида маълум қилди.

Putin AQSh va Eron o‘rtasidagi urush haqida fikr bildirdi

Россия президенти Владимир Путин бу баёнотни Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форумининг ялпи мажлисида айтди.

Nega Kim Chen In hech qachon onasi haqida gapirmaydi?

имолий Корея раҳбарияти Ким Чен Иннинг онаси ҳақидаги маълумотларни оммавий муҳокамадан четда сақлашни маъқул кўради. Бу эса уни мамлакатдаги энг сирли шахслардан бирига айлантирган.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

Putinning vaqt sinovidan o‘tmagan shov-shuvli bayonotlari

Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форуми (ПМЭФ) йиллар давомида Россия президенти Владимир Путин муҳим сиёсий ва иқтисодий баёнотлар билан чиқиш қиладиган майдон бўлиб келди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган