Xorvatiya prezidenti Turkiya bilan birgalikda Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga chaqirdi

Xorvatiya prezidenti Turkiya bilan birgalikda Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga chaqirdi

Biroq, Associated Press'ning qayd etishicha, Zoran Milanovich bosh vazir Andrey Plenkovich bilan bu masalada ham, boshqa bir qator masalalarda ham “qattiq bahs” olib boryapti.

Milanovich, xususan, Xorvatiya hukumati Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi masalasini ko‘rib chiqishdan oldin, Bosniya va Gersegovina bilan muammoni hal qilishi kerak, deb hisoblaydi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Zagreb bosniyalik xorvatlarga mamlakat hukumatida yuqori lavozimlarni egallash uchun ko‘proq imkoniyat berish uchun mamlakatni qonunni o‘zgartirishga majbur qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!