Xorvatiya polisiyasi Usmonovning yaxtasiga jinoiy ish ochdi

A A A
Xorvatiya polisiyasi Usmonovning yaxtasiga jinoiy ish ochdi

Xorvatiya polisiyasi sanksiyalar tufayli hibsga olingan Irina VU yaxtasining g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi va bir necha kishini so‘roq qildi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yaxta rossiyalik oligarx Alisher Usmonov va uning sobiq rafiqasi Irina Vinerga tegishli.

Večernji List nashrining yozishicha, tergovga bir necha polisiya bo‘limlari va prokuratura xodimlari jalb etilgan. Tintuv ishlari olib borilmoqda.

Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich gumonlanuvchilar haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Shuningdek, u hodisa tufayli uch kishi – navigasiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, Shibenikdagi port kapitani va Betindagi zastava boshlig‘i ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Xorvatiya hukumati Irina VU yaxtasini Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan Alisher Usmonovning mol-mulki sifatida hibsga olgan edi. Ammo kema portni tark etmasligi kerakligi haqidagi ma’lumot mahalliy rasmiylar e’tiboriga havola qilinmagan. Oqibatda kema Xorvatiya hududiy suvlaridan tashqariga erkin suzib ketgan. 2022 yil 6 oktyabrda yaxta Turkiyaning Didim shahriga yetib borgan.

Alisher Usmonov vakillarining aytishicha, tadbirkor yaxtaga egalik qilmaydi va Betin shahridan g‘oyib bo‘lishiga uning hech qanday daxli yo‘q. Shuningdek, Alisher Usmonov o‘z rafiqasi bilan 2022 yil yozida ajrashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.