Xorijlik futbolchi: «O‘zbeklarda maqsad yo‘q, tez taslim bo‘lishadi va katta bahslardan qo‘rqishadi»

Xorijlik futbolchi: «O‘zbeklarda maqsad yo‘q, tez taslim bo‘lishadi va katta bahslardan qo‘rqishadi»

Avvalroq “Paxtakor” klubida to‘p tepuvchi Dragan Cheran xorij OAVsiga intervyu bergani haqida yozgan edik.

Futbolchi intervyusida o‘zbek futboli haqida gapirdi. U O‘zbekistonda ikki futbolchi, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedovni alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha shu futbolchilar mamlaktda eng yaxshilari. Shuningdek, O‘zbekistonga xorijlik murabbiy Ektor Kuper olib kelingani, Kuper o‘zbek futbolidagi mentalitetni o‘zgartirishga uringani, lekin buning foydasi yo‘qligini ta’kidladi.

“O‘zbeklarda maqsad yo‘q, tez taslim bo‘lishadi va katta bahslardan qo‘rqishadi. Kuper haydaldi va endi jamoani mahalliy murabbiy boshqarmoqda. O‘zbeklar Karlos Keyrushni olib kelishga urinishdi, biroq u 6-7 mln. yevrolik maosh so‘radi” – dedi Cheran.

Shu bilan birga O‘zbekistonda jang sportida yaxshi sportchilar borligi, futbol esa shunchaki jamoaviy sport turi ekanini aytdi. Futbolga ko‘p pul ajratilayotgani, lekin bular sekin amalga oshayotgani ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!