Xorijda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda?

Xorijda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021 yilning 1 yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 33 ming nafarga ortdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi 90,3 ming nafar talaba bilan mintaqada yetakchilik qilmoqda.

Dunyo miqyosida Xitoy Xalq Respublikasi 1,1 mln. talabasi xorijda tahsil olishi bilan mutlaq yetakchilik qilmoqda.

Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

— Qozog‘iston – 90,3 ming nafar

— O‘zbekiston – 85,9 ming nafar

Ukraina – 79,9 ming nafar

Turkmaniston – 68,2 ming nafar

Rossiya – 57,6 ming nafar

— Afg‘oniston – 31,9 ming nafar

Tojikiston – 28 ming nafar

— Belarus R. – 24,5 ming nafar

— Qirg‘iz R. – 13,3 ming nafar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!