Xorazmlik o‘qituvchi "KIBATEK" xalqaro adabiyot mukofoti sohibasi bo‘ldi

Xorazmlik o‘qituvchi "KIBATEK" xalqaro adabiyot mukofoti sohibasi bo‘ldi

Gurlan tumanidagi 33-son umumta’lim maktabi nemis va ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulnur Atayevaning «Chinorimsan Vatanim» nomli kitobi Turkiyaning Artshop nashriyoti tomonidan turk tilida 1000 nusxada nashrdan chiqdi. Shu munosabat bilan 6-9 avgust kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida o‘tkazilgan «Turkiyada II-Adabiyot kunlari-2021» anjumanida Gulnur Atayevaga ”KIBATEK INTERNATİONAL LİTERATURE PRİZE-2021» mukofoti sohibasi bo‘ldi.

Ushbu mukofot har 2 yilda bir marta xalqaro miqyosida kitoblari nashr qilingan eng yaxshi kitob mualliflariga taqdim qilinadi. Ushbu nufuzli mukofot KIBATEK tashkiloti vise prezidenti Leyla Isik tomonidan topshirildi.

«Vatanimni Chinorga qiyoslayman, Chinor mahobatli bo‘lgani uchun buyuk emas. Chinor uzoq umr ko‘rgani uchun ham buyuk emas. Chinor, qanday shamol esishidan, qachon esishidan, qayoqqa qarab esishidan qat’iy nazar, qilt etmay turgani uchun buyukdir.

Ushbu kitob mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan»-deydi Gulnur Atayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!