Xorazmlik g‘allakorlar O‘zbekistonda birinchi bo‘lib g‘alla topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajardilar

Xorazmlik g‘allakorlar O‘zbekistonda birinchi bo‘lib  g‘alla topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajardilar

O‘tgan kuzda Xorazm viloyatida g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan 33 ming 200 gektar maydonga g‘alla ekilib, agrotexnologiya talablari asosida parvarishlangani natijasida bug‘doydan mo‘l hosil yetishtirildi.

Hosilni qisqa muddatda yig‘ib olish uchun 150 tadan ortiq yuqori unumli zamonaviy kombaynlar tayyorlanib, g‘allani o‘rish va qabul maskanlariga tashish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Viloyat g‘allakorlari 84 ming 400 tonnadan ortiq bug‘doyni davlat zahirasi va birja savdolari uchun yetkazib berib, shartnoma shartlarini oshig‘i bilan bajardilar.

Viloyat dalalarida hali hosil cho‘g‘i baland bo‘lib, o‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!