Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 11-sinf o‘quvchilarini mashina urib yubordi. 4 nafari vafot etdi (video)

Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 11-sinf o‘quvchilarini mashina urib yubordi. 4 nafari vafot etdi (video)

Xorazmda Nexia avtomobili haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Xorazm» telekanalining «Jinoyat va adolat» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi, deyiladi «Daryo» xabarida.

Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 11-sinf o‘quvchilarini mashina urib yubordi. 4 nafari vafot etdi (video)Ma’lum qilinishicha, 24 may kuni soat 17:40 larda Yangiariq tumani «Achchiquyi» mahallasida yashovchi 39 yoshli fuqaro Nexia-2 avtomobilini boshqarib ketayotib Yangiariq—Xonqa yo‘lining 14-kilometrida yo‘l chetidagi 6 nafar 11-sinf bitiruvchilarini urib yuborgan. Avtomobilning o‘zi esa yo‘l bo‘yidagi ariqqa ag‘darilib tushgan.

Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 11-sinf o‘quvchilarini mashina urib yubordi. 4 nafari vafot etdi (video)Avariya oqibatida jabrlanuvchilarning 3 nafari voqea joyida, yana bir nafari esa shifoxonada olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar o‘quvchi shifoxonaga joylashtirilgan.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!