Xorazmda paxta zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazmda paxta zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

30 mart kuni soat 17:07 da Xiva tumani “Sapcha” MFYda joylashgan paxta qabul qilish va paxtani qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g‘aramining ustki qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyga 14 ta yong‘in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinalari jalb qilingan.
Yong‘in 18:03 da o‘rab olinib, 19:20 da o‘chirilgan.
Voqea joyiga viloyat Hokimining o‘rinbosari, viloyat FVB boshlig‘i va mas’ul xodimlar chiqqan.
Yong‘in natijasida 11 ta paxta g‘aramining yuza qismida taxminan 2500 kg paxta yongan va yong‘indan 2 ta paxta g‘arami saqlab qolingan.
Voqea joyida viloyat Hokimining o‘rinbosari boshchiligida Yong‘in o‘chirish shtabi tashkil etilgan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!