Xorazmda ekilgan kannabisning foydali tomonlari aytildi

Xorazmda ekilgan kannabisning foydali tomonlari aytildi

Texnik kannabisdan paxtaga nisbatan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi matbuot kotibi Nigora Xo‘jayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

— Kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi;

— o‘simlikka qishloq xo‘jaligi kimyoviy preparatlari nisbatan kamroq ishlatiladi;

— suvni ancha kam talab qiladi, atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi;

— aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan qadimiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda foydali;

— 110 kun ichida o‘simlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi;

— jahonda 40 dan ortiq davlatda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Texnik kannabis tarkibida 0,2 foizgacha miqdorda tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud;

— Xovos tumanida ekilgan nav Fransiyadan keltirilgan bo‘lib, uning tarkibida giyohvand juda kam miqdorni tashkil etadi. Bu esa tirik organizmga hech qanday narkotik ta’sir ko‘rsatmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!