Xitoyda O‘zbekiston fuqarosi narkotik moddalar tarqatgani va saqlagani uchun sudlanmoqda

Xitoyda O‘zbekiston fuqarosi narkotik moddalar tarqatgani va saqlagani uchun sudlanmoqda

19 avgust kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Hanchjou shahar (Chjeszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari bo‘yicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8 yanvar kuni hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Unga nisbatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratda ushlab turibdi va O‘zbekiston fuqarosiga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Chjeszyan provinsiyasining tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

«Konsullik-huquqiy departamenti xorijga ketayotgan vatandoshlarimizni o‘zlari borayotgan davlat qonunlariga amal qilishga va ularning qoidalarga rioya qilishga chaqiradi hamda Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +8621-6307-1896», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!