Xitoyda Nursulton Nazarboyev ilmiy-innovasion laboratoriyasi ochildi

Xitoyda Nursulton Nazarboyev ilmiy-innovasion laboratoriyasi ochildi

Xitoyda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev nomidagi ilmiy-innovasion laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Laboratoriya muassislari - «G-Global» xalqaro kotibiyati va uning Xitoy Xalq Respublikasidagi strategik hamkori «China Silk Road Group» kompaniyasidir.

Tadbirda Nankin shahri «Szyanbey» yangi tumani ma’muriyati va Pekindagi «Chjunguansun» ilmiy-texnologik parki vakillari, Qozog‘istonning Xitoydagi elchixonasi diplomatlari, shuningdek, Xitoy ommaviy axborot vositalari muxbirlari ishtirok etishdi.

«Laboratoriyaning asosiy vazifasi – keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirish, shu jumladan zamonaviy «blokcheyn» texnologiyalaridan foydalanish orqali Xitoyning «Bir kamar, bitta yo‘l» tashabbusi va Qozog‘istonning «Nұrli jol» dasturi bo‘yicha loyihalarni ilgari surish, shuningdek, ilmiy qo‘llab-quvvatlash uchun amaliy yordam hisoblanadi. Ushbu ishda ikki mamlakatning yetakchi olimlari va amaliyotchilari faol ravishda jalb etiladilar», - deyiladi TIV xabarida.

«G-Global» xalqaro kotibiyati 2019 yildan boshlab «Bir kamar, bir yo‘l» tashabusining sherigidir. Uning «Ipak yo‘li» xalqaro mukofoti va «Xalqaro Ipak yo‘li – shahar hokimlari forumi» kabi loyihalari «Bir kamar, bitta yo‘l» 2-forumi tashabbusi ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va yakuniy hujjat matniga kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!