Xitoy TIV: G7 dunyoni alday olmaydi

Xitoy TIV: G7 dunyoni alday olmaydi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chuninning aytishicha, G7 Xitoyni tahdid deb atab, dunyoni alday olmaydi.

“Agar Xitoy tahdid bo‘lsa, unda suveren davlatlar bilan urush olib boradigan, boshqa mamlakatlarda qonuniy hukumatni ag‘daruvchi “Katta yettilik”ning ba’zi a’zolari kimlar?”, — deya Chuninning Twitter'dagi sahifasidan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Uning ta’kidlashicha, haqiqiy dunyoni "aldash" mumkin emas.

Diplomat, shuningdek, AQSh so‘nggi yillarda qaysi xalqaro shartnomalardan chiqqani ko‘rsatilgan infografikani ham e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!