Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifini hududiy yaxlitlikni buzish deya baholadi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifini hududiy yaxlitlikni buzish deya baholadi

AQSh delegasiyasining Tayvanga tashrifi “yagona Xitoy” tamoyiliga zid, shuningdek, Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish hisoblanadi. Bu haqda bugun, 15 avgust kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda aytib o‘tdi.

“Bu “Yagona Xitoy” tamoyili va Xitoy-AQSh qo‘shma kommmunikelari, XXR suvereniteti va hududiy yaxlitligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzishdir. Bundan tashqari, bu Tayvandagi separatist kuchlarga noto‘g‘ri signal yuboradi”, - deya izoh berdi u.

“Milliy birlashishni amalga oshirish Xitoy xalqining umumiy irodasi va to‘xtatib bo‘lmaydigan tarixiy tendensiyadir”, - dedi diplomat.

Shuningdek, u Xitoy “Xitoy-AQSh munosabatlariga yanada zarar yetkazish”ning oldini olish uchun Qo‘shma Shtatlarni “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishga chaqirishini ta’kidladi.

Pekin milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun qat’iy va samarali choralar ko‘radi, dedi Venbin. Diplomatning ta’kidlashicha, Tayvan mustaqilligi tarafdori buzg‘unchi kuchlar bilan qo‘shilishga urinayotgan va "yagona Xitoy" tamoyiliga qarshi turishda o‘z kuchini haddan tashqari oshirib yuboradigan bir nechta amerikalik siyosatchilar, albatta, barbod bo‘lishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!