Xitoy Qo‘shma Shtatlar oldiga shart qo‘ydi: Agar ular mojaroni kuchaytirmoqchi bo‘lmasa...

Xitoy Qo‘shma Shtatlar oldiga shart qo‘ydi: Agar ular mojaroni kuchaytirmoqchi bo‘lmasa...

Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan muloqot tarafdori, dedi Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Singapurda bo‘lib o‘tgan Shangri-La Dialogue xavfsizlik anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar bilan ochiq qarama-qarshilik ehtimoli "butun dunyo uchun chidab bo‘lmas falokat" bo‘ladi.

Ozodlik radiosining xabar berishicha, Li Shanfu AQSh va Xitoy tizimlari o‘rtasidagi barcha tafovutlarga qaramay, ular umumiy manfaatlar va hamkorlik asoslarini izlashlari kerakligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, vazir AQSh va uning ittifoqchilarini Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda aybladi.

Vazir yakshanba kuni ertalab Xitoy harbiy kemasi Tayvan bo‘g‘ozida Kanada bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashayotgan AQSh harbiy kemasi bilan deyarli to‘qnashib ketganini eslatib o‘tdi. Shanfu AQSh va Kanada harbiylarining Xitoy suvlarida bo‘lishini provokasiya deb atadi va agar AQSh mojaro kuchayishini istamasa, o‘z harbiy kemalarini Xitoy manfaatlar zonasidan olib chiqib ketishlari kerakligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!