Xitoy Pokistonga yarim million doza vaksinani tekinga beradi

Xitoy Pokistonga yarim million doza vaksinani tekinga beradi

okiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshining payshanba kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Sinopharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinadan 500 ming dozasini Pokistonga tekinga hadya qiladi. Pokistonga ushbu vaksina 31 yanvargacha etkazib beriladi.

“Xitoyliklar bizga zudlik bilan samolyotimizni yuborishimiz va vaksinani olib ketishimizni aytishdi. Bu biz uchun quvonchli yangilik va umid qilamizki,  ushbu vaksinadan foydalangan holda o‘zimizni koronavirusdan himoya qilishda muvaffaqiyat qozonamiz” deydi Qureyshi Islomobodda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Pokistonda 16 yanvar kuni AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi, 18 yanvarda esa SinoPharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatda o‘tkazgandi.

«Men ularga minnatdorchilik bildirdim. Shuningdek, bizga yanada ko‘proq, jumladan, 1.1 million dozada vaksina kerakligini aytdim. Ular bu miqdordagi vaksinani fevral oyining oxirigacha yetkazib berishlarini aytishdi” deya qo‘shimcha qildi Qureyshi.

Shuningdek, Pokiston Xitoy vaksinasini o‘z hududida ishlab chiqarishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bugungi kunda Pokistonda Xitoyning yana bir kompaniyasi Cansino tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning uchinchi bosqich sinovlari yakuniga yetmoqda.

Hozirgacha 17 500 dan ziyod pokistonliklar  ushbu vaksina bilan emlangan. Mazkur sinov natijalari fevral oyining boshida ma’lum bo‘ladi. Pokiston Sog‘liqni saqlash vaziri Faysal Sultonning aytishicha, agar Cansinoning vaksinasi yaxshi natija bersa, Pokistonda ushbu vaksinadan 20 million dozada ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!