Xitoy kompaniyalari 2022 yilning yozidan beri Rossiyaga qurol yetkazib bermoqda

Xitoy kompaniyalari 2022 yilning yozidan beri Rossiyaga qurol yetkazib bermoqda

2022 yilda Xitoyning bir qator kompaniyalari Rossiyaga qurol-aslaha, jumladan, avtomatlar, dron qismlari va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan zirhlarni jo‘natgan. Bu haqda Politico ImportGenius agregatorining bojxona ma’lumotlariga tayanib yozmoqda.

Qurol yetkazib berish 2022 yilning iyunidan dekabrigacha amalga oshirilgan. Yetkazib beruvchilar orasida Xitoy hukumati bilan bog‘langan kamida bitta kompaniya - Xitoyning eng yirik mudofaa pudratchilaridan biri China North Industries Group Corporation Limited bo‘lgan. Iyun oyida u Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qiladigan Rossiyaning «Texkrim», kompaniyasiga mingta CQ-A miltiqlarini yuborgan.

Yana bir kompaniya - Da-Jiang Innovations Science & Technology Co. (DJI) tomonidan noyabr va dekabr oylarida BAA orqali kichik rus distribyutoriga dronlar uchun ehtiyot qismlar - batareyalar va kameralar yuborilgan. Hammasi bo‘lib, 12 ta uchuvchisiz uchish apparatlari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, 2022 yil oxirida Turkiya orqali Rossiyaga qiymati qariyb 10 million dollarlik 800 tonnadan ortiq Xitoy o‘q o‘tkazmaydigan nimchalari olib kirilgan.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, jo‘natilgan yuklarning hajmi va xarakteri Pekin Moskvaga harbiy yordamni maqsadli yetkazib berayotganini ko‘rsatmaydi, biroq bu tovarlar harbiy harakatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli maqsadli mahsulotlar ekani aniq. Nashr Ukrainadagi urushda xitoylik miltiqlardan foydalanilganiga oid dalillarni topa olmagan, ammo jang maydonida xitoy dronlarini ko‘rishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!