Xitoy Hyptec SSR elektromobillarini ishlab chiqarishni boshladi

Xitoy Hyptec SSR elektromobillarini ishlab chiqarishni boshladi

Birinchi Xitoy superkari Yevropa ko‘chalariga chiqishga tayyorlanmoqda.

Xitoyning GAC kompaniyasi tashqi bozorlar uchun Hyptec SSR elektromobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Yoz oxiriga kelib elektro superkar Janubi-Sharqiy Osiyoda sotuvga chiqariladi, keyin kompaniya modelni Yaqin Sharq, Janubiy Amerika va Yevropa bozorlarida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Hyptec SSR taqdimoti oktabr oyida Parij avtosalonida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Autohome portali.

GAC Hyptec SSR superkari o‘tgan yilning oktyabr oyida Xitoyda paydo bo‘lgan edi. Ishlab chiqaruvchi uni Xitoyning birinchi elektr superkari deb ataydi. Hyptec SSR Xitoyda ishlab chiqarilgan eng qimmat avtomobillardan biri bo‘lib, narxi 1,3 dan 1,7 million yuangacha.

Hyptec SSR Guanchjou va Los-Anjelesdagi GAC dizayn markazlari tomonidan ishlab chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!