Xitoy AQShning davlat qarzini sotib yuborgan taqdirda nima yuz beradi?

A A A
Xitoy AQShning davlat qarzini sotib yuborgan taqdirda nima yuz beradi?

Koronainqiroz AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy qarama-qarshilikni yanada kuchaytirdi. Xitoy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Pekin pandemiya tarqalishiga sababchi bo‘lgani uchun undan «kompensasiya talab qilish» haqidagi Vashingtonning keskin bayonotlari Xitoy rahbariyatini savdo bitimini bekor qilish haqida o‘ylashga majbur qildi va Gonkongda joylashgan South China Morning Post gazetasi Xitoyning amerikaliklarning ushbu tahdidlariga javoban AQSh G‘aznachiligining qimmatli qog‘ozlarini ommaviy ravishda sotib yuborishi mumkin degan taxminni ilgari surdi. Ushbu qadam nimaga olib kelishi mumkinligi hamda AQShning unga javoban o‘z qarz majburiyatlaridan voz kechish haqidagi taxminlarni xalqaro sharhlovchi Bogdan Naumov tahlil qildi.

AQShning milliy qarzi savdo urushining vositasi sifatida

Gonkongning South China Morning Post nashri tomonidan yaqinda chop etilgan materialida Xitoy egalik qiladigan trejeris (AQSh hukumati qarzlarining umumiy nomi. taxr.), AQSh G‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarining bir qismini yoki barchasini, 2020 yilda yanada kuchayib borayotgan savdo urushidagi, qarshi javob chorasi sifatida ularni sotish mavzusi ko‘tarib chiqildi. Boshqa tomondan, maqolada AQSh hukumatining Xitoyga bo‘lgan qarzidan voz kechish, ya’ni pandemiya tarqalib ketishi uchun kompensasiya sifatida qariyb 1,1 trillion dollarlik qarzni bekor qilish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Qarzning bir qismini yoki barchasini Xitoy tomonidan sotilishi global moliyaviy halokatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan katalizator deb atashib, bu, dollarni va butun moliya bozorini qulatadi. Qarzni hisobdan chiqarib tashlashni (spisat qilishni) esa “bema’ni g‘oya” deya tavsiflanib, AQSh hukumati hatto nazariy jihatdan ham bunga ko‘nmaydi va bu reja amalga oshirilsa defolt bashorat qilinadi.

AQSh hukumatining qarzlarini manipulyasiya qilinganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘rganib chiqishga harakat qilib ko‘ramiz.

Buning uchun avval uning strukturasini ko‘rib chiqamiz.

AQSh kimga va qancha qarzi bor

Hozir, hukumat qarzi AQSh yalpi ichki mahsulotining 100 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etar ekan, go‘yo mamlakat o‘z kreditorlari qarzidan hech qachon qutila olmaydiganday va qarzni undirish yoki qimmatli qog‘ozlarning bir qismini sotish harakati inqirozga yoki defoltga olib keladiganday ko‘rinadi.

Buning ustiga, Xitoy AQShning 1,1 trln. dollar miqdoridagi G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlariga egalik qilib, davlat qarzini ushlab turuvchi sifatida Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Biroq, agar AQSh Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat qarzlarini ushlab turuvchilar bo‘yicha strukturani ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, qarzlarning qariyb 44% davlat organlari, Federal zaxira xizmati va byudjetlararo majburiyatlarga (davlat pensiya jamg‘armalari, sug‘urta fondlari va boshqalar) hisobiga to‘g‘ri kelishini ko‘rish mumkin.

Ya’ni, davlat umumiy qarz miqdorining deyarli yarmini “o‘ziga- o‘zi» to‘lashi kerak va talofatlarsiz hisobdan chiqarib tashlashi, qayta tuzishi yoki boshqacha tarzda ta’sir qilishi mumkin degani.

Shu bilan birga, norezidentlarning, ya’ni boshqa mamlakatlarning qarzlari atigi 30% ni tashkil etadi va Xitoyning qarzi qariyb 1,1 trln. dollarga teng bo‘lib, garchi ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa ham, tashqi qarzning atigi 1/6 qismini yoki davlat qarzining 4,5% dan biroz ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Bu esa unchalik ta’sirchan bo‘lib ko‘rinmaydi.

Albatta, 1,1 trln. dollar – bu juda katta miqdordagi mablag‘ va kichik davlatlar uchun bunday mablag‘larni yo‘qotish katta muammo bo‘lishi mumkin, ammo AQSh va Xitoy iqtisodlari miqyosida bu pul hayot-mamot masalasi bo‘lib hisoblanmaydi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ancha vaqtdan beri muntazam ravishda o‘sib boradigan qarzlar sharoitida yashab kelmoqda. Ular dollar emissari maqomidan foydalanib kelishadi; (bu degani) yangi qarzlar, federal byudjetdan yangi pul massasini chiqarilishi bilan va hech bo‘lmaganda, davlatning agressiv tashqi siyosati bilan ta’minlanadi. Ushbu maqomda yangicha biror narsani o‘zi yo‘q va bu paradigmada muvaffaqiyatli hayot uchun mexanizmlar allaqachon yo‘lga qo‘yib bo‘lingan.

Agar Xitoy AQShning qarzlarini sotib yuborsa nima bo‘ladi?

Agar Xitoy bozorni Amerika trejerisi bilan to‘ldiradigan bo‘lsa, ularning miqdoriga qarab, birinchi navbatda dollar va moliya bozoriga ta’sir qiladigan, bu yoki boshqa miqyosdagi inqiroz yuzaga keladi. Bu, shubhasiz, ayniqsa korona inqiroz davrida, AQSh Moliya vazirligi Coronavirus Aid, Relief, and Economic Security Act to‘g‘risidagi qonunga binoan yangi zaymlarni chiqarish hisobiga moliyalashning bir qismini amalga oshirayotgan bir paytda, Amerika iqtisodiyoti uchun yoqimsiz bo‘ladi.

Biroq, pandemiya katalizatori bo‘lgan, Amerika jamiyati modelida yuzaga kelgan keng qamrovli inqirozi fonida bu sezilarli muammoga aylanishi dargumon. Yuqorida ko‘rib chiqilgan AQShning davlat qarzi strukturasi ichidagi Xitoyning ulushini hisobga olsak, bu xavotirlarni ichki qarz majburiyatlariga ta’siri o‘tkazish yoki yangi qimmatli qog‘ozlar va valyutalar chiqarilishi hisobiga so‘ndirilishi ko‘proq haqiqatga yaqin bo‘ladi.

Agar AQSh Xitoyning qarzini bekor qilsa nima bo‘ladi?

Shunday fikr mavjud, ya’ni agar Xitoyga qarzini bekor qilib yuboradigan bo‘lsa, AQSh to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan qarz oluvchi maqomini yo‘qotadi va bu mamlakat qarzlarini to‘lashga qodir emasligini e’lon qilib, texnik defoltga olib keladi. Bu boshqa har qanday davlatga tegishli bo‘lishi mumkin, ammo bu huddi “albatta, siz maslahat va tavsiyalar berishingiz mumkin, ammo ohirgi qarorni men qabul qilaman”, deganday gap. Bu yerda Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida ularning xalqaro huquqni buzganligi haqida ko‘plab misollar mavjudligini eslab o‘tish kifoya.

Umuman olganda esa, XXR uchun keltirib chiqaradigan oqibatlarga qaraladigan bo‘linsa, hech narsa bo‘lmaydi. Birinchidan, trillion – bu albatta katta miqdordagi mablag‘, uni yo‘qotish, ayniqsa inqiroz paytida, sezilarli bo‘ladi, ammo Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib Sinxua tomonidan berilgan xabarlarga ko‘ra, Xitoy moliya institutlarining aktivlari ko‘lami bo‘yicha 2019 yil oxirida 45 trillion dollarni tashkil etadi va bir qismini yo‘qotish bilan halokat sodir bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Xitoyning o‘zi ham yirik va faol qarz beruvchi hamda sarmoyador ekanligini unutmaslik kerak. Xitoy banklari «Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Yevrosiyo iqtisodiyotiga katta miqdordagi mablag‘larni kiritmoqda.

Ikkinchidan, AQSh G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari to‘liq ma’noda aktivlar hisoblanmaydi.

Ular moliya kapitali bo‘lib, u mamlakatning valyuta va moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlash uchun ishlab chiqariladi, uning ortida ishlab chiqarish yoki ko‘chmas mulk turmaydi. Qo‘pol qilib aytganda, bu «kompyuterdagi raqamlardir».

Boshqacha qilib aytganda, agar Qo‘shma Shtatlar Xitoyga hech qanday qarz to‘lamagan taqdirda, unda Xitoydagi ishlab chiqarish AQShga qaytib ketmaydi, Xitoydagi ilmiy ishlanmalar va innovasiyalar, korxonalar to‘xtab qolmaydi, xuddi hech narsa yuz bermaganday Xitoy eksportiga bo‘lgan talab bilan ham hech narsa bo‘lmaydi va yuan bilan dollar kurslarini tebranishlari eng ko‘pi bilan noqulayliklar va daromadning bir qismini yo‘qotishga olib keladi – jumladan, Xitoy bilan birga, uni savdo sheriklariga ham teng ravishda (birday ta’sir qiladi).

Xulosa

Yuqorida aytilganlarning barchasidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Xitoy tomonidan qarz sotilgan taqdirda yoki AQSh tomonidan qarz bekor qilingan taqdirda ham har qaysi tomonga hech qanday iqtisodiy zarar yetkazilmaydi. Bunday tadbirlarning yagona ahamiyatining samarasi siyosiy va imidj maydonida sezish mumkin. Shuning uchun, sanab o‘tilgan har qaysi ssenariylar bo‘yicha savdo urushida jiddiy ustunlikka erishilmaydi va dunyoda katta xavotirlar sodir bo‘lmaydi.

Shuningdek, tahdidlar shunchaki tahdid bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas va status-kvo bir muncha vaqtgacha saqlanib turadi, chunki Xitoy qarzni sotishi yoki AQShning qarzni bekor qilish, ikkalasiga ham afzallik olib kelmaydi va jonga tegib ketadigan muammolar esa, ikkala o‘yinchda ham paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, jahon valyutasi emissarining moliya tizimi bilan bog‘liq har qanday manipulyasiyalar, shuningdek, iqtisodiy inqirozlarning paydo bo‘lishi, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlar natijasida eng ko‘p zarar ko‘radigan o‘rtahol mamlakatlar bo‘lib, ular uchun eng jiddiy zarba ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.

Bogdan Naumov, xalqaro sharhlovchi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Muhim o‘yin oldidan “Siti”da katta yo‘qotish

Англия Премьер-лигасининг 33-турида мусобақа пешқадами “Арсенал”дан 2:1 ҳисобида устун келган “Манчестер Сити” яна чемпионликка эришиш имконига эга бўлди.

Kroos: «Ular «Real»dan xavfliroq!»

Мадриднинг «Реал» клуби ва Германия терма жамоаси собиқ ярим ҳимоячиси Тони Кроос ЕЧЛ ярим финалидан ўрин олган «Бавария» — «ПСЖ» қарама-қаршилиги ҳақида ўз фикрларини билдирди.

“Real”ning 3 nafar “tegib bo‘lmas” futbolchilari kim ekani ma’lum bo‘ldi

Мадриднинг “Реал” клуби жамоанинг уч нафар асосий юлдузи борасидаги бир қарорга келди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди