Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettiradi, bu haqda Xitoy TIVning rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qildi, yozmoqda RIA Novosti

Xitoy AQShga Rossiya bilan harbiy hamkorligi uchun kiritilgan sanksiyalar bo‘yicha keskin bayonot tayyorladi.

“Xitoy tomoni AQShning yangi sanksiyalar bo‘yicha keskin noroziligini bildiradi. AQSh harakatlari xalqaro aloqalarning asosiy tamoyillarini qo‘pol tarzda buzdi”, - deb ta’kidladi Xitoy TIV vakili

Gen Shuan so‘zlariga ko‘ra, bu o‘z navbatida Xitoy va AQSh qurolli kuchlari o‘rtasidagi aloqalariga putur yetkazadi.

“Biz Rossiya tomoni bilan ikki davlat yetakchilari o‘rtasida erishilgan kelishuvni ro‘yobga chiqarishni davom etamiz. Ikki davlat o‘rtasida strategik sherikchilikni yangi bosqichga ko‘taramiz”, - dedi u.

Payshanba kuni Vashington Xitoy Markaziy harbiy kengashi, harbiy tayyorgarlik departamenti va uning rahbari Li Shanfga nisbatan cheklovlarni kiritdi.

Oq uyning ma’lum qilishicha, sanksiyalar o‘tgan yil dekabrda Rossiyadan Su-35 va 2018 yil yanvarda S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olinishi bilan bog‘liq.

Ikkita kelishuv AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchga kirgandan keyin amalga oshirilgan.

Vashington bayonotiga ko‘ra, yangi choralar Moskvaga qaratilgan. Ammo Rossiya yoki Xitoy mudofaa qobiliyatini zaiflashtirishni nazarda tutmaganligini ta’kidladi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!