Xiaomi xalqaro bozor uchun Redmi Note 12C smartfonini ishlab chiqarishni boshladi

Xiaomi xalqaro bozor uchun Redmi Note 12C smartfonini ishlab chiqarishni boshladi

Redmi kompaniyasi King Kong liniyasining yangi a’zosi deb ataladigan Redmi Note 12 Turbo flagman smartfoni kelasi hafta taqdim etilishini rasman e’lon qildi.
Smartfon taqdimoti 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Weibo.

Ma’lumki, Redmi Note 12 Turbo yuqori PWM chastotasiga ega flagman tekis OLED ekranga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu Redmi Note seriyasi tarixidagi eng yaxshi ekran bo‘ladi.

Redmi Note 12 Turbo avval taqdim etilgan Qualcomm Snapdragon 7+ Gen 2 bitta chipli tizimi bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘ladi. Xususiyatlari va ishlashi jihatidan ushbu mobil platforma Snapdragon 8 Gen 1 ga juda yaqin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!