Xaynanda kuchli yog‘ingarchilik tufayli xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilindi

Xaynanda kuchli yog‘ingarchilik tufayli xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilindi

Xaynan provinsiyasidagi (Janubiy Xitoy) Sanya kurort shahrida chorshanba kuni orolda kuchli yog‘ingarchilik tufayli eng yuqori ogohlantirish e’lon qilindi.

Sanya ta’lim departamenti bayonotiga ko‘ra, 7 iyun, chorshanba kuni bolalar bog‘chalari yopiladi, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda esa darslar yarim kunga to‘xtatiladi.

Sanya meteorologiya xizmati chorshanba kuni kuchli yomg‘ir haqida ogohlantirishni to‘q sariqdan eng yuqori qizil ranggacha oshirdi. Ba’zi shaharlarda bir necha soat ichida 156 mm dan ortiq yog‘ingarchilik yog‘gan.

Sanya shahrida kuchli yog‘ingarchilik tufayli hech qanday baxtsiz hodisa qayd etilmagan..

XXRda ko‘k, sariq, to‘q sariq va qizil rangni o‘z ichiga olgan tabiiy ofatlardan aholini ogohlantirishning to‘rt darajali tizimi mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!