Xavi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro o‘tkazib berdi

Xavi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro o‘tkazib berdi

«Barselona» sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi va uning turmush o‘rtog‘i Nuriya Kunillera koronvirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xavi va Nuriya Barselonadagi shifoxonaga 1 million yevro miqdorida pul o‘tkazib bergan. Shifoxona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur pullar koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanadi.

Avvalroq «Barselona» sardori Lionel Messi va «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Kataloniyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun bir million yevrodan xayriya qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada 4 aprelga kelib koronavirus bilan zararlanganlar soni 125 mingga yaqinlashdi. 11 mingdan ortiq kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!