Xavi “Barselona”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylar top-10 ligidan joy oldi

Xavi “Barselona”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylar top-10 ligidan joy oldi

“Barselona”ni tark etgan Xavi jamoa murabbiyligida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan mutaxassislar top-10 ligidan joy oldi. Bu haqida Daryo nashri yozmoqda.

Ispaniya chempionatining 38-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi bahs (2:1) Xavi uchun barcha musobaqalardagi 143-o‘yin bo‘ldi. Bu borada murabbiy Elenio Erreraga yetib oldi.

Undan oldinda Ernesto Valverde (145), Ferdidand Dauchik (151), Terri Veneybls (169), Luis Enrike (181), Lui van Gal (200), Pep Gvardiola (247), Rinus Mixels (267), Frank Raykard (273) va Yohan Kroyf (421) kabi murabbiylar bor.

Xavi 143 ta o‘yindan 90 tasida g‘alaba qozongan. 24 tasida durang natija qayd etilgan, qolgan 29 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvarda Xavi mavsum oxirida “Barselona” murabbiylik postini tark etishini ta’kidlagandi. Keyinchalik bir necha bor bu qarorini o‘zgartirmasligini ham aytib o‘tgandi. Biroq rahbariyat aprel oyida ispaniyalik mutaxassisni jamoada qoldirishga ko‘ndirgandi. Yana vaziyat o‘zgarib, klub murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xavi “Barselona”ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!