Xavi «Barsa»ning bugungi mashg‘ulotini bekor qildi

A A A
Xavi «Barsa»ning bugungi mashg‘ulotini bekor qildi

Xavi Chempionlar ligasida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bugungi mashg‘ulotni bekor qildi.

AS xabariga ko‘ra, Xavi dastlab «Real»ga qarshi o‘yin oldidan futbolchilarga bir kun ham dam bermaslikka qaror qilgandi. Biroq «Barselona»ning YECHLni tark etishi jamoadagi muhitga salbiy ta’sir qilgan.

Xususan, «PSJ»ga qarshi javob o‘yinidan (1:4) keyin Ilkay Gundo‘g‘anning tanqidiy gaplaridan ba’zi futbolchilar norozi bo‘lgan. Shu munosabat bilan murabbiylar shtabi jamoadagi keskinlikni bartaraf etish maqsadida bugungi mashg‘ulotni bekor qilishga qaror qilishdi.

Qayd etilishicha, bugun «Barsa» qarorgohiga faqat jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Serji Roberto, Pedri va Gavi borgan.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi 21 aprel, yakshanba kuni La Liga 32-turida Madridda «Real» mehmoni bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!