Xavfsizlik xizmati Telegram orqali ISHID uchun pul yiqqan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

Xavfsizlik xizmati Telegram orqali ISHID uchun pul yiqqan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Tomsk oblastida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotining Suriyadagi jangarilari uchun Telegram messenjeridagi yopiq muloqot guruhi(chat) orqali pul yiqqan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi.

“Tomsk oblasti hududida Islom davlati xalqaro terrorchilik tashkiloti uchun pul yiqqan va mazkur tashkilot manfaatlari yo‘lida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga aloqador bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi” – deyiladi RIA Novosti xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlar Telegram`dagi yopiq chatlarga Suriyadagi ISHID jangarilari uchun mablag‘ o‘tkazish maqsadida bank kartalari va to‘lov servislari rekvizitlarini joylashtirib kelgan.

Tergov qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Jinoyatchilar qo‘lga olinib, ularga ayblov e’lon qilingan.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!