Iqtisodiyot va moliya vazirligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari ishtirokida investorlar uchun “O‘zbekistonda qazib olish tarmog‘ining investisiya istiqbollari va soliq solish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov boshchiligidagi Soliq-bojxona siyosati va daromadlar prognozi departamenti, Bazaviy tarmoq va sohalar korxonalari iqtisodiyoti, moliyasi va tarif siyosati departamenti, Tog‘-kon va metallurgiya sanoatini rivojlantirish, moddiy balanslarini shakllantirish bo‘limi hamda bir qator idoralar vakillari ishtirok etdi.
Xorijiy tomondan jamg‘armaning Fiskal siyosat departamenti katta iqtisodchisi, missiya rahbari Jan-Fransua Ven, XVJning xalqaro eksperti Alister Uotson va bir qancha investorlar qatnashdi.
Davra suhbatini Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. Vazir o‘rinbosari yig‘ilganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, xorijiy tomon o‘z taqdimotlarini ishtirokchilar e’tiboriga havola qildi. Bundan tashqari, geologiya-qidiruv ishlari va foydali qazilmalarini qazib olish davrida soliq solish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Geologik qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olishda soliqqa tortish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi haqida fikrlar almashildi.
Davra suhbati yakunida tomonlar shu kabi maslahatlashuv va uchrashuvlarni yanada faollashtirishga kelishib oldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.