Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rossiyaliklarga 2024 yilgi Olimpiadada qatnashishga ruxsat berdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rossiyaliklarga 2024 yilgi Olimpiadada qatnashishga ruxsat berdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (MOQ) o‘zining rasmiy saytida 2024 yil yozida Parijda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga Rossiya va Belarus sportchilari neytral maqomda qabul qilinganini e’lon qildi.

O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha saralash imkoniyatiga ega bo‘lgan sportchilar musobaqalarda qatnashishga ruxsat etiladi.

2022 yilda Ukrainada maxsus operasiya boshlanishi fonida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax xalqaro federasiyalarga rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya qildi. 2023 yil 25 yanvarda XOQ maxsus operasiya o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamagan rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda neytral maqomda ishtirok etishiga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.

2023 yil 12 oktyabrda XOQ DHR, LHR, Zaporojye va Xerson viloyatlari Olimpiya kengashlari Rossiya tashkilotiga kiritilganidan so‘ng, keyingi ogohlantirishgacha ROC faoliyatini to‘xtatib qo‘yishini e’lon qildi. Shu bilan birga, HOQ rossiyalik sportchilarni 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga kiritish bo‘yicha qarorni talab qilingan vaqtda qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!