Xalqaro mehnat tashkiloti bu yil qancha odam ishsiz qolishini aytdi

Xalqaro mehnat tashkiloti bu yil qancha odam ishsiz qolishini aytdi

Bu yil kamida 220 mln odam ishsiz qoladi. Bu haqda xalqaro mexnat tashkiloti xulosa qildi. Bu pandemiya davridan oldinga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkich. Masalan, 2019 yilda 187 mln ishsiz qayd etilgan. keyingi yil haqida esa xalqaro mehnat tashkilotining prognozlari ijobiy.

Ishsizlar soni 205 mlnga tushishi kutilmoqda, foiz hisobida 2019 yilda dunyo aholisining 5,4 %i ishsiz bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ko‘rsatkich 6,3%ga yetadi, keyingi yilda esa 5,7% ga pasayadi.

Tashkilot bosh direktori Gay Rayderning ta’kidlashicha, ishga joylashish bo‘yicha pandemiya davrida ko‘proq ayollar va yoshlar jabr ko‘rdi. Shu bilan birga, qashshoq yoki o‘ta qashshoq guruh ishchilari ko‘paydi.

Ayni paytda 31 mlnga yaqin ishchi o‘ta qashshoq yoki kambag‘allik ostonasida, ularning maoshi kuniga 1,9 dollardan past. Bu BMT standarti sanaladi. Rayder shuningdek tiklanish strategiyasisiz kambag‘allik vaziyati inqirozdan avvalgi davrga nisbatan emonlashishi muminligini aytib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!