“Xalq banki”dan pensiya tarqatish huquqi olib qo‘yilishi mumkin

“Xalq banki”dan pensiya tarqatish huquqi olib qo‘yilishi mumkin

2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya va nafaqalarni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.

Bu fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirishga oid prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, hujjat loyihasiga muvofiq, pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi.

Bundan tashqari pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.  

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida pensiya va nafaqalarni to‘lash prezidentning 2017 yil 13 martdagi PQ-2820-son qarori bilan 2017 yil 1 iyuldan boshlab faqat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!