Xabib Nurmagomedov UFC’ga qanday shart qo‘ydi?

Xabib Nurmagomedov UFC’ga qanday shart qo‘ydi?

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) rahbariyatiga rasmiy murojaat bilan yuzlandi. Xabib Konor Makgregor bilan jangdan keyin yuz bergan mojaro uchun faqat uning jamoasiga sanksiyalar qo‘llanayotganidan, Makgregor va uning murabbiylari xatti-harakatlari esa e’tiborsiz qoldirilayotganidan achchiq bildirgan. Nurmagomedov, shuningdek, do‘sti, mojaro ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Zubayra Tuxugovning UFC’dan chetlatilganidan norozilik bildirgan va u ham do‘sti ortidan UFC’dan ketishi bilan tahdid qilgan. Bu haqida Kun.uz uning instagramdagi sahifasiga tayanib xabar bermoqda.

“Men yufs’ga murojaat qilmoqchiman: Nima uchun siz ularning (Makgregor) jamoasi avtobusga hujum qilib, ikki kishini yaralaganda hech kimni chetlatmadingiz. Axir ular kimnidir o‘ldirishlari mumkin edi. Nima uchun hech kim vatanim, dinim, millatim va oilam haqoratlangani haqida gapirmayapti?
Nima uchun siz ikki jamoa ham urishganda, faqat meni jamoamni jazolamoqdasiz? Agar siz buni men boshlaganimni aytadigan bo‘lsangiz, men bunga qarshiman, men boshlangan ishni tugatdim. Istalgan vaziyatda, meni jazolang, Zubayra Tuxugovning nima aybi bor?
Agar meni indamaydi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Siz Zubayra Konor akamni urgandan keyin uni urgani uchun uning jangini bekor qildingiz va uni chetlatmoqchisiz. Kamerada nima bo‘lgani ko‘rinib turibdi.
Unda biling, u bilan birga meni ham yo‘qotasiz, bizda – Rossiyada o‘zimiznikilarni tashlab ketmaymiz va men inim uchun oxirigacha boraman. Agar siz baribir uni chetlatishga qaror qilsangiz, unda menga ham yirtib tashlangan shartnomani yuborishni unutmang, aks holda men uni o‘zim yirtib tashlayman. Aytgancha, siz bermayotgan va paysalga solayotgan gonorarni unutayozibman. Uni o‘zingizga qoldirishingiz mumkin, faqat ehtiyot bo‘ling, tomog‘ingizda tiqilib qolmasin. Biz o‘z sha’nimizni himoya qildik va bu asosiysidir”, deb yozgan rossiyalik sportchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!