Xabarovskda 1,9 mlrd dollar o‘g‘irlashda gumon qilingan 2 xitoylik qo‘lga olindi

Xabarovskda 1,9 mlrd dollar o‘g‘irlashda gumon qilingan 2 xitoylik qo‘lga olindi

Xabarovsk aeroportida Xitoy so‘rovi bilan 1,9 mlrd dollar o‘g‘irlashda gumon qilingan 2 xitoylik qo‘lga olindi.

Gap 14 yoshli erkak va 66 yoshli ayol haqida bormoqda. Xitoyda gumonlanuvchilar qidiruvda bo‘lganlar. Ular piramidal selling deb nomlangan firibgarlikda ayblanmoqdalar.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar jinoiy to‘da rahbariyatiga kirgan. Ular tomonidan noqonuniy faoliyatni amalga oshirish uchun 50 mingdan ko‘proq xodimdan iborat tijorat tashkiloti tashkil etilgan.

Xitoyliklarning harakatlari oqibatida 1,5 mlndan ko‘proq odam jabr ko‘rgan, ular yetkazgan zarar miqdori 13,4 mlrd yuanga yaqinni (1,9 mlrd dollardan ko‘proq) tashkil qilgan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!