"WhatsApp" chatlar uchun uchta filtrni taqdim etdi

"WhatsApp" chatlar uchun uchta filtrni taqdim etdi

"WhatsApp" chatlarida ma’lumot qidirish oddiy va qulay bo‘lishi, qidiruvga vaqt sarflamaslik uchun ishlab chiquvchilar yangi funksiya – chatlar uchun filtrlarni ishga tushirmoqda.

Chatlar ro‘yxatiga uchta filtr qo‘shildi: "Hammasi", "O‘qilmagan" va "Guruhlar". Tanlash uchun filtrni bosishning o‘zi kifoya.

⏺"Hammasi" "WhatsApp"dagi barcha xabarlaringiz.

⏺"O‘qilmagan" Ushbu filtr sizning javobingizni kutayotgan suhbatlarni ko‘rsatadi. Bu turkumga o‘qilmagan xabarlar va siz o‘qilmagan deb belgilagan xabarlar kiradi.

⏺"Guruhlar" Endi guruh suhbatlari bitta bo‘limda. Endi kerakli ma’lumotlarni topish qiyin bo‘lmaydi. Jamoalarning kichik guruhlari ham ushbu toifaga kiritilgan.

Yangilanish kelgusi haftalarda hamma uchun mavjud bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!