Voyaga yetmagan qizini muttasil do‘pposlab kelgan otaga sud hukmi o‘qildi

Voyaga yetmagan qizini muttasil do‘pposlab kelgan otaga sud hukmi o‘qildi

Oliy sudining rasmiy telegram kanalida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Qashqadaryo viloyatidagi holat yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida R. T.(1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.

Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!