Voyaga yetmagan farzandlar onasi bag‘riga qaytdi

Voyaga yetmagan farzandlar onasi bag‘riga qaytdi

Barchaga ma’lumki, farzand oila mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biridir. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi birinchi navbatda ota-onaga bog‘liq.

Afsuski, so‘ngi vaqtlarda bo‘layotgan oilaviy ajralishlar farzandlar taqdiri hamda ularning kelgusida ota yoki ona bilan qolishlari, ta’minoti kabi og‘riqli savollarni kun tartibiga chiqarib qo‘yayotganligi hech kimga sir emas.

Xususan, A.A turmush o‘rtog‘i S.A. bilan oilaviy kelishmovchilik sababli uyidan chiqib ketadi. Biroq, turmush o‘rtog‘i 2 nafar farzandlarini unga berishdan bosh tortib o‘zi bilan olib qoladi. A.A. esa fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan va sud bolani ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan.

Byuroning Konimex tumani bo‘limi tomonidan mazkur sudning qarzdor S.A.dan, ikki nafar farzandlarni onasi A.A. tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida voyaga yetmagan bola onasining tarbiyasiga olib berilib, ijro ishi amalda tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!