Volodin: AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi urushda yutqazdi

Volodin: AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi urushda yutqazdi

AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi boshlagan buzg‘unchilik urushida mag‘lub bo‘ldi, dedi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin.

“Bayden, Stoltenberg va boshqa G‘arb rasmiylari Ukrainadagi mojaro haqida gapirar ekan, uni “buzg‘unchilik urushi” deb atay boshladilar”, deb yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

Uning ta’kidlashicha, AQSh va YEIning bu xarob urushida mag‘lubiyatga uchraganini ko‘rsatuvchi qator omillar mavjud.

Ular orasida u G‘arb davlatlarida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar taqchilligi, Ukraina qurolli kuchlarining hujumidagi muvaffaqiyasizlik, AQSh va Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy muammolarni tilga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!