Vlodin Putinni hibsga olish haqidagi orderga munosabat bildirdi

Vlodin Putinni hibsga olish haqidagi orderga munosabat bildirdi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Xalqaro jinoiy sudning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berish haqidagi qarorini G‘arb uchun “isterika” deb atadi.

“Yankilar (yangi angliyaliklarning laqabi; keyinchalik – shimoliy shtatlar, kengroq ma’noda – umuman Qo‘shma Shtatlar aholisi), qo‘llaringizni Putindan olinglar! Gaagadan yangragan bema’ni gaplar bir narsani aytadi: G‘arb isterikasi. O‘zga sayyoralik Gaaga sudining hujjatlari Rossiyaga taalluqli emas”, deydi Volodin.

Shuningdek, u, Rossiya Federasiyasi Prezidentiga qilingan har qanday hujumni mamlakatga qarshi tajovuz deb bilishini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, Vashington va Bryussel sanksiyalar va dushmanlik harakatlarining barcha imkoniyatlarini tugatgan.

“Ular Rossiya Federasiyasi fuqarolarini sindirib, mamlakatimiz iqtisodiyotini vayron qila olmadilar. Vashington va Bryussel yaxshi biladi: Putin borki Rossiya bor. Shuning uchun ular unga hujum qilishmoqda”, deya ta’kidladi Volodin.

Uning ta’kidlashicha, Putinning kuchi xalqning qo‘llab-quvvatlashi va uning atrofida birlashishidadir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!