Vladimir Zelenskiy rossiyaliklar bilan bo‘lajak uchrashuvlar haqida bilmasligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiya vakillari bilan uchrashuv haqida hech narsa bilmasligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bunday muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari, Zelenskiy Amerikaning yangi ma’muriyati allaqachon Ukraina bo‘yicha ishlab chiqilgan tinchlik rejasiga ega ekanligiga shubha qilmoqda.
Ukraina rahbari Myunxenga bugun boshlangan 61-Xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish uchun keldi. U Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkin bo‘lgan muhokamalar fonida ochildi.
Konferensiya rahbari Kristof Xoysgen, ayniqsa, AQSh va Ukraina delegasiyalarini olqishladi va «muloqot orqali tinchlikka» chaqirdi.
Shu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leen Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa va xavfsizlik uchun xarajatlarni zudlik bilan oshirishi kerakligini aytdi.
«Biz butun dunyo qanchalik tez o‘zgarib borayotganini ko‘rmoqdamiz va Evropa ham tez o‘zgarishi kerak», deya qo‘shimcha qildi u.