Vitaliy Klichko: Vladimir Zelenskiy o‘z xatolari uchun badal to‘layapti

Vitaliy Klichko: Vladimir Zelenskiy o‘z xatolari uchun badal to‘layapti

Kiyev meri Vitaliy Klichko Vladimir Zelenskiy o‘z xatolari uchun badal to‘layapti, deb hisoblaydi.

Shveysariyaning 20 Minuten portaliga bergan intervyusida u Zelenskiyning armiya oldidagi obro‘sining pasayib borayotganidan ajablanmasligini aytdi. Siyosatchiga ko‘ra, odamlar kim samarali, kim samarali emasligini ko‘ra oladi.

"Ko‘p umidlar bor edi va haliyam bor, albatta. Zelenskiy o‘zi qilgan xatolari uchun badal to‘layapti", — dedi Klichko.

Shuningdek, Klichkoning Ukraina prezidenti lavozimiga nisbatan siyosiy ambisiyalari bormi, degan savolga Kiyev meri hozir bu haqda o‘ylash “ahmoqlik” ekanini aytdi.

"Bugun biz faqat Ukraina umuman mavjud bo‘lib qolishi yoki qolmasligi haqida o‘ylayapmiz", — dedi Klichko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!