Vitaliy Bunechko: "Jitomir viloyatida Rossiya harbiylari qolmadi"

Vitaliy Bunechko: "Jitomir viloyatida Rossiya harbiylari qolmadi"

Rossiya qo‘shinlari Jitomir viloyati hududidan ortga qaytarildi, deb xabar berdi viloyat rahbari Vitaliy Bunechko.

"Ular [Rossiya harbiylari] shimoliy qismlarni tark etishdi... lekin urush hali tugamadi", — deb yozdi Bunechko o‘zining Telegramdagi sahifasida.

Ukrainaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Jitomir viloyati Kiyev viloyati bilan chegaradosh. Urush boshlanganidan buyon bu hudud Ukraina poytaxtiga insonparvarlik yordami va jihozlarini yetkazib berishda asosiy yo‘lak bo‘lib xizmat qilgan. So‘nggi bir oy ichida Jitomir viloyati ommaviy o‘qqa tutildi, buning natijasida tinch aholi halok bo‘ldi, ko‘plab uylar vayron bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina rasmiylari Kiyev viloyati ozod qilingani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!