Virtual (onlayn) firibgarlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Virtual (onlayn) firibgarlik   uchun qanday javobgarlik mavjud?

Savol: Internetda qiziq bir statistik ma’lumot o‘qib qoldim. Unga ko‘ra, har sekundda dunyo bo‘yicha 5-7 nafar fuqarolar to‘lov kartalari vositasida virtual firibgarlik jabrlanuvchisiga aylanarkan. Bu jinoyat O‘zbekistonda ham keyingi yillarda axborot texnologiyalari rivoji, virtual (onlayn) xizmatlar ko‘paygani sari hisob raqamdan, plastik kartadan firibgarlik yo‘li bilan virtual pul o‘marish uchrab turibdi. Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan virutal (onlayn) firibgarlik uchun milliy qonunchiligimizda javobgarlik kuchaytirilganmi?

Ismi va manzili sir tutildi

Darhaqiqat, ayrim fuqarolarimizning onlayn to‘lovlardan foydalanish xavfsizligidan bexabarligi, bugungi kunda ayniqsa olx.uz va boshqa savdo platformalaridan, Telegram tarmog‘idagi turli bot va kanallardan foydalanishda virtual bilim hamda onlayn ko‘nikmalari yetarli emasligi turli vaziyatlarda firibgarlik jinoyatini sodir etilishiga shart-sharoit yaratmoqda.

Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir. Amaldagi Jinoyat kodeksining 168-moddasida firibgarlik va uning turlari uchun javobgarlik va jazo belgilangan.

Savolning javobgarlik kuchaytirilganmi deb qo‘yilgan qismiga kelsak, 2022 yil 19 oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. MazkurQonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib (virtual)sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun – BHM (bazaviy hisoblash miqdori) ning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.

Akrom Aripov,

Oliy sud bosh konsultanti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!