Video: prezidentni kutib olish aeroport ishchisiga qoldi...mi?

Video: prezidentni kutib olish aeroport ishchisiga qoldi...mi?

 

Bugun, 30 noyabr kuni G20 sammitida ishtirok etish uchun davlat rahbarlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahriga birin-ketin yetib kela boshladi. Hozirgacha, AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin yetib keldi.
 
Kelganlar ichida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning kutib olinishi yodda qolarlik bo‘ldi.
 
Gap shundaki, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron samolyoti Buenos-Ayresdagi aeroportga qo‘nganda uni Argentina rasmiylaridan hech kim kutib olmadi. Makron turmush o‘rtog‘i Brijit xonim bilan samolyot trapidan tushgach, aeroportning sariq nimchali xodimi bilan so‘rashib, mashina tomonga yurdi.
 
Makronni aeroportda qarshi olishi kerak bo‘lgan Argentina vise-prezidenti Gabriela Miketti anglashilmovchilik sabab ulgurolmay qoldi.
 
“Bizga Makronni kutib olish topshirig‘i berilganda, u allaqachon avtomobilga o‘tirayotganini bilardik”, degan Gabriela Miketti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!