Vengriya: Ularning kuyiga raqs tushmaylik

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning hukmron partiyasi Fides mamlakat ko‘chalariga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning talablariga bo‘ysunmaslikka chaqiruvchi plakatlarni osib qo‘ydi.
Kelgusi yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlari kampaniyasi boshlanishi munosabati bilan o‘rnatilgan bilbordlarda moliyachi Jorj Sorosning o‘g‘li Aleks Soros bilan birga fon der Lyayen tasvirlangan. Shiorda: “Ularning kuyiga raqs tushmaylik” deb yozilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)