“Vektor” markazi rahbari: "Virus qoladi, lekin pandemiyaning o‘zi, albatta, ketadi"

“Vektor” markazi rahbari: "Virus qoladi, lekin pandemiyaning o‘zi, albatta, ketadi"

“Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov koronavirus pandemiyasi 2021 yilda yakunlanadi deb hisoblaydi.

“Virus qoladi, lekin pandemiyaning o‘zi, albatta, ketadi. Ishonamanki, 2021 yilda”, - dedi u “Science Bar Hopping” onlayn festivalidagi chiqishi davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Maksyutovning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyo aholisining aksariyat qismi koronavirusni boshdan kechirgach yoki vaksinalar tufayli yetarlicha jamoaviy immunitet shakllangandan so‘ng ortga qaytadi.

Pandemiya boshlangandan buyon dunyoda 63 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!